• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Qabul (Ikki diplomlik)

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi o'rinlarda Oliy maktab) Milan Politexnika universitetining Oliy biznes maktabi (keying o’rinlarda MIP) bilan hamkorlikdagi ikki diplomlik o’quv dasturining «Global loyihaviy boshqaruv» mutaxassisligiga 2020 – 2021 o’quv yillariga qabul e’lon qiladi.

MIP dunyodagi eng yetakchi oliy o’quv yurtlaridan biri bo’lib, EQUIS, AMBA, EOCCS, ASFOR kabi xalqaro akkreditatsiyalarga ega.

        

MIP ning xalqaro reytingdagi o’rni:
(FT) Evropa biznes maktablari o’rtasida: Evropada - 42 va Italiyada - 1;
(FT) Magistraturaning menejment mutaxassisligi  bo'yicha: dunyoda - 95;
(QS) EMBA mutaxassisligi bo’yicha: Italiyada - 1.

Hujjatlarni topshirishning oxirgi muddati - _________
Qabul kvotasi - 40 kishi
O'qish tili - ingliz
O'qish to’lov kontrakt asosida olib boriladi
Kontrakt summasi - 160 million so'm
Kontrakt summasining  to'liq miqdorini to'lagan tinglovchilarga 10% chegirma beriladi
1-semestr natijalariga ko'ra eng yaxshi ikki tinglovchila kontrakt summasining  50% miqdorida chegirma beriladi

Batafsil ma’lumot uchun quyidagi raqamlarga qo’ng’iroq qiling:
+998 71 239 03 11, + 998 71 239 03 03, +998 97 444 85 52
Email: marketing@rgsbm.uz

Hujjatlarni onlayn topshirish

Ilova qiling