• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

QABUL 2023/2024

O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 2023/2024 o’quv yili uchun quyidagi magistratura mutaxassisliklari bo'yicha to’lov-kontrakt asosida kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga qabul e’lon qiladi.

  • 70410901 – “Kapital bozori va birja ishi” - o'qish muddati: 2 yil (kunduzgi va sirtqi).
  • 70411301 – “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish” (Biznes innovasiyalar va tadbirkorlik)- o'qish muddati: 1 yil (kunduzgi) va 1.5 yil (sirtqi).

Magistraturaga kirish uchun hujjatlar joriy yilning 2022 yilning 15 dekabridan 2023 yilning 15 yanvarigacha faqat Online tarzda Oliy maktab veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Magistraturaga kirish imtihonlari ikki bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich (suhbat): Zoom platformasi orqali tashkillashtiriladi.

2-bosqich (test): O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o’tkaziladi.

Oliy maktab magistraturasiga turdosh bo’lmagan bakalavriat yo’nalishlarini tamomlagan nomzodlar ham hujjat topshirishlari mumkin.

Qabul oliy ta'limning davlat ta'lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi va o'qishni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga tegishli mutaxassislik bo'yicha davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi magistr diplomi topshiriladi.

Oliy ma'lumotga va oliy ta'lim muassasasini tamomlagandan keyin kamida uch yil ish stajiga ega 45 yoshgacha (yosh chegarasi faqat kunduzgi ta'lim shakli uchun) bo'lgan nomzodlar suhbat va test sinovlari natijalari bo'yicha ochiq tanlov asosida qabul qilinadi.

Ingliz tilini V2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi milliy malaka sertifikati yoki CEFR (Common European Framework of Reference) bo'yicha B2, IELTS (International English Language Testing System) bo'yicha 5,0 ball, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) bo'yicha 72 balldan kam bo'lmagan darajada ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlarga ega bo'lgan, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarini ingliz ta'lim tilida bitirgan nomzodlar ingliz tili bo'yicha imtihon topshirishdan ozod qilinadi. Ularga mazkur fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga veb-sayt orqali Oliy maktab direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:

- davlat boshqaruvi organlari, xo'jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik sub'ektlari birinchi rahbarlarining imzosi qo'yilgan tavsiya xati;

- mehnat daftarchasi (Kadrlar bo'limi bo‘limi tomonidan imzolangan va muhrlangan holatda)

- oliy ma'lumot to'g'risidagi hujjatning nusxasi;

- 4x6 o'lchamdagi rangli fotosurat;

- pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);

- ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat (agar mavjud bo'lsa).

Magistraturaga kirish imtihonlaridan (suhbat va testdan) muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar yuqorida ko'rsatilgan hujjatlarning aslini yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini Oliy maktabga taqdim etadi.

Hujjatlar qabul qilish davri

Magistraturaga kirish uchun hujjat topshirish muddati (davri) - 2022 yilning 15 dekabridan 2023 yilning 15 yanvarigacha;

 Oliy maktab magistraturasiga kirish imtihonlaridan o’ta olmagan nomzod kirish imtihonlari natijalari e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida Oliy maktab orqali apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini uch ish kuni ichida ko’rib chiqadi va qabul qilingan qaror to’g’risida nomzodga shu kunning o’zida yozma ravishda xabar beradi.

Dushanba – Juma kunlari, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

O'qishga hujjat topshirish faqat elektron shaklda Oliy maktabning veb-sayti orqali har kuni 24 soat mobaynida amalga oshiriladi.

Telefonlar: +998(71)2390302, +998(71)2390317, +998(71)2390315.

Veb-sayt: https://rgsbm.uz

Telegram: t.me/rgsbm_uz

Facebook: fb.com/rgsbm.uz

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko'chasi, 25 uy.

Mo'ljal: «Premier Hall» kinoteatri.

 

Hujjatlarni onlayn topshirish

Ilova qiling