• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB VA PUTRA BIZNES MAKTABI: MULOQOTNING KEYINGI BOSQISHI

2020 yil 14 aprel kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi o'rinlarda–Oliy maktab) rahbariyatining Malayziyaning Putra Universiteti qoshidagi Biznes maktab vakillari bilan videokonferensaloqa shaklida navbatdagi ishchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Iki o'quv yurtlari o'rtasidagi birinchi yuzma-yuz uchrashuv, 2020-yil 2-mart kuni, Iqtisod fanlari doktori, Abduraupov Rustam Ramzovich boshchiligidagi Oliy maktab delegatsiyasining Malayziyaga tashrifi doirasida bo'lib o'gan edi.

Bugun, muzokaralar davomida ikki tomon akademik hamkorlik masalalarini muhokama qilish chog'ida "Korporativ boshqaruv" va "Inson resurslarini boshqarish" mutaxassisligi bo'yicha MBA (Biznes boshqaruvi magistri) qo'shma dasturlarini tashkil etish, shuningdek, asosiy modullarni, doktorantura dasturlarini (PhD), o'z ichiga olgan qisqartirilgan MBA dasturi, inson resurslari, tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar sohasida qisqa muddatli kurslarni tashkil etish, tadbirkorlar uchun qo'shma maslahat xizmatlari markazini tashkil etish kabi masalalar ko'rib chiqildi, kichik va o'rta korxonalar faoliyatini baholash, kichik va o'rta korxonalar uchun loyiha menejmenti, ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari sohasida maslahat berish, davlat-xususiy sheriklik dasturlarini ishlab chiqish, qo'shma mahorat darslari, anjumanlar, ilmiy tadqiqotlar o'tkazish va boshqalar ko’rib chiqildi.

Bundan tashqari, yuqorida sanab o'tilgan masalalar asosida belgilangan maqsadlarni amalga oshirish bo'yicha keyingi  rejalar va qilinadigan ishlar belgilab olindi.

Muzokaralar har ikki tomon uchun an'anaviy ochiq va do'stona muhitda bo'ldi.

Ma’lumot uchun:

Putra universiteti - bu Malayziyadagi davlat oliy ta'lim muassasasi. Dunyoning eng yaxshi universitetlarining eng yaxshi 5% qismiga kiradi. Bugungi kunda dunyoning yetakchi reyting agentliklaridan biri QS World University Rankings ma'lumotlariga ko'ra, Putra universiteti dunyoda 147-o'rinni, Osiyoda 33-o'rinni va Malayziyada 2-o'rinni egallab turibti. UI-GreenMetric World University Rankings reytingiga ko'ra, dunyoda 28-o'rinni, Osiyoda 3-o'rinni, Janubi-Sharqiy Osiyoda1-o'rin va Malayziyada 1-o'rin egalladi.

Putra Universiteti qoshidagi Biznes maktab Malayziyaning birinchi va eng yaxshi biznes maktablaridan biri bo'lib, uning o'quv dasturlari nufuzli xalqaro  AACSB,  ABEST21 (The Alliance on Business Education and Scholarship for Tomorrow),  va barcha dasturlar MQA (Malayziya sifat agentligi) texnologiyasi bilan akkreditatsiya qilingan.