• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

DUNYODAGI ENG YIRIK «STATION F» STARTAP-INKUBATORIGA TASHRIF

Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi delegatsiyasining Fransiyaga tashrifi doirasida. Iqtisod fanlari doktori, Abduraupov Rustam Ramzovich dunyodagi eng yirik «STATION F» startap-inkubatoriga tashrif buyurdi.

Shuni alohida ta'kidlash lozim, tashrif bevosita O'zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi ko'magida tashkil etildi.

Ushbu tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad - startap loyihalari uchun shart-sharoitlar yaratish, startap loyihalari bilan ishlash, innovatsion g'oyalar asosida biznesni rivojlantirish bo'yicha xalqaro tajribani o'rganish.

Delegatsiya dunyodagi eng yirik ochiq ofis maydoniga ega «STATION F» startap-inkubatoriga tashrif buyurishdi. Ekskursiya davomida mehmonlar startap-markazning innovatsion istiqbollari va amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.

Dunyoning eng yirik «Station F» startap-inkubatori 2017 da ochilib o’z ichiga 50 ta mamlakatdan iborat 1000 dan ortiq startaplar faoliyat yuritadi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi Parijni dunyodagi eng yirik IT-markazlardan biriga aylantirish.

Loyiha hamkorlari orasida Amerikaning gigantlari Microsoft, Facebook va Amazon, Fransiyaning Ubisoft kompaniyasi, BNP Paribas, Vente-privee onlayn-do'koni, LVMH va Janubiy Koreyaning eng yirik Naver qidiruv tizimi bor.

Ular yangi loyihalarga yirik kompaniyalar bilan darhol hamkorlik qilish imkoniyatini berishdan qo'rqmaydilar, shuningdek, startap-kompaniyalarga turli xil treninglar va seminarlarni o'z ichiga olgan inkubatsiya dasturini taklif qilmoqdalar.

Station F ning juda qiziqarli bo'lgan muhim jihatlaridan biri bu - nafaqat fransuz, balki har qanday boshqa startaplarni qo'llab-quvvatlash, shuningdek, chet ellik va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda dasturlarni yo’lga qo’yish.

Ushbu tashrif juda qiziqarli, sermazmun va yuqori saviyada bo’lib o’tdi.