• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB VA INSEAD O’RTASIDA ALOQALARNI YO’LGA QO’YISH BO’YICHA VIDEOKONFERENSIYA

2020-yil 20-mart kuni Iqtisod fanlari doktori, Abduraupov Rustam Ramzovich boshchiligida, INSEAD biznes maktabi (Fransiya), korporativ aloqalar bo'yicha direktori – Stefan Gran Chaven (Stéphane Grand-Chavin) boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan videokonferensaloqa shaklida birinchi ishchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Yangi ko’rinishda bo'lib o'tgan tadbir davomida, ikki tomonlama o'zaro manfaatli hamkorlik, raqamli transformatsiya, sun'iy aql, raqamli iqtisodiyot sohalarida qo'shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish, ta’lim muassasalari o'rtasida tinglovchilar, xodimlar va professor-o'qituvchilar bilan o’zaro almashuv dasturlarini ishlab chiqish, malaka oshirish bo'yicha qo'shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, qo'shma mahorat darslari, anjumanlar, konferentsiyalar va boshqa ilmiy-ta'limiy tadbirlarni o'tkazish, startap loyihalarini tashkil qilish loyihalari va boshqalari yo’lga qo’yish ko’zda tutilgan.

Uchrashuv yuqori saviya va konstruktiv ruhda o'tib,  ikki tomon ham ta'lim sohasidagi har tomonlama chuqur sheriklik shaklida o'zaro manfaatli keng ko'lamli masalalar bo'yicha hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligi ekanliklarini tbildirishdi.

Ma’lumot uchun:

INSEAD (Evropa Biznesni Boshqarish Instituti) - Frantsiyada joylashgan dunyodagi eng yirik biznes maktablaridan biridir. Maktab, xalqaro biznesda ishlash uchun MBA, Executive MBA, Executive Education va doktorlik dasturlarini taklif etgan holda mutaxassislar tayyorlaydi.

Barcha o’quv dasturlari, biznes-ta'lim uchun etakchi xisoblangan AACSB (The Association to Advance Collegiate Schools of Business), EQUIS (European Quality Improvement System), AMBA (Association of MBAs) va EFMD (European Foundation for Management Development) tomonlaridan to'liq akkreditatsiyadan o'tgan.

Ayni vaqtda, Qs global MBA Rankings 2020 reytingida MBA dasturi dunyoda 3-o'rinni, QS World University Rankings by Subject 2020 (Business & Management Studies) talqini bo’yicha 2-o'rinni, shungdek, Jahon va Yevropa reytinglari tan olgan Financial Times, Forbes, BusinessWeek и QS Global 200 Business Schools Report nashlari bo'yicha yetakshi o'rinlarni egallab kelmoqda.