• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Oliy maktabda Germaniyaning Aalen universiteti professori tomonidan Loyiha boshqaruvi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi

Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar jadal rivojlanib bormoqda, yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash maqsadida ochiq va shaffof bozorni yaratishda qat’iy va izchil ishlar olib borilmoqda. Iqtisodiyotni rivojlanishida muhim komponentlardan biri loyiha boshqaruvi hisoblanadi.

O‘z navbatida joriy yilning 1-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida professor-o‘qituvchilar, xodimlar va tinglovchilarni bu sohada malakasini oshirish uchun malaka darslari tashkil qilindi.

Oliy maktabda Yevropaning SES tashkiloti (Senior Experten Service) mutaxassisi, Aalen universiteti professori janob Ulrix Holtsbaurning loyiha boshqaruvi bo‘yicha ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi, unda murakkab loyihalarni rejalashtirish va boshqarish hamda axborot tizimlari loyihalarini ishlab chiqish metodlari va vositalari kabi mavzular ko‘rib chiqildi.

Ushbu seminarni tashkil qilishdan asosiy maqsad axborot tizimlari loyihalarini boshqarish haqida amaliy bilimlarni egallash ko‘zda tutilgan, loyihani boshqarish strategik maqsadlarga erishish imkonini hamda bu boshqaruv usuli kompaniyaning rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan vazifalarni aniqlash, shuningdek, ularni bajarish uchun resurslarni taqsimlash va yo‘naltirish imkonini beradi.

Seminar davomida xodim va tinglovchilarga loyiha boshqaruvining zamonaviy yo‘llari, sohada uchrashi mumkin bo‘lgan muammolar hamda ularning yechimini topish, shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlar tajribalari haqida to‘liq ma’lumotlar berildi.

Tadbir qatnashchilari boshqaruv usullari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar, malaka darsi yakunida qatnashchilar va mutaxassis o‘rtasida qiziqarli savol javob bo‘lib o‘tdi.