• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

AQSHNING O'ZBEKISTONDAGI ELCHIXONASI DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV

2020-yil 6-fevral kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida (keyingi o'rinlarda-Oliy maktab) AQShning O'zbekistondagi elchixonasi jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi boshlig'I - janob Jon Braun boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbirning rasmiy qismida tomonlar ta'lim va fan sohasida, xususan, Oliy maktab va AQSh bilan o'quv, ilmiy-tadqiqot muassasalari o'rtasida «Fulbright» (Fulbright) dasturi doirasida hamkorlikni kengaytirish va aloqalarni yo'lga qo'yish masalalarini muhokama qildilar.

O'z navbatida, elchixona vakillari raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasida hamkorlik qilishga qaratilgan «Open World» dasturini taqdimot orqali tanishtirdilar. Ushbu dastur O'zbekistonda raqamli texnologiyalar davrida elektron boshqaruv yo'nalishi bo'yicha hukumat dasturlarini avtomatlashtirish va qo'llab-quvvatlash uchun mo'ljallangan. Masalaning dolzarbligi va ahamiyatini inobatga olgan holda, unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi vakillari ham ishtirok etishdi.

Tadbirning yakuniy qismida «Fulbright» dasturi bo'yicha Ayova shtati universitetidan taklif qilingan professor, Tina Koffeltning rasmiy taqdimoti bo'lib o'tdi. Kelishuvga asosan, Tina Koffelt Oliy maktabda pedagogik faoliyatini olib boradigan bo’ldi.

Tadbirning yakuniy qismida Fulbraytning Ayova universiteti professori Tina Koffeltning Oliy maktabda o'qituvchilik faoliyatini olib boradigan rasmiy taqdimoti bo'lib o'tdi.

Uchrashuv yuqori saviyada bo'lib, ta'lim sohasidagi istiqbolli qo'shma loyihalarni amalga oshirishda alohida o’rin tutadi.

Ma'lumot uchun:

«Open World» - AQSh Kongressi qoshida qonunchilik yo’nalishida faoliyat yurituvchi dastur hisoblanadi. Dasturning asosiy maqsadi, bu o'z mamlakatlarida barcha sohalarda o'zgarishlarni intilayotgan yangi rahbarlar tarmog'ini yaratish va va ular bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yishdan iborat.