• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTABDA INVESTISIYA LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISHNI NAZORAT VA MONITORING QILISH TIZIMI TAQDIMOTI BO'LIB O'TDI

2020 yil 3 va 4 mart kunlari, Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi binosida, magistratura tinglovchilari uchun, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi vakillari tomonidan Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimi – LBYMAT taqdimoti qilindi.

Tizim qo'yidagi imkoniyatlarni beradi:

  • loyihalarni hisobga olish, ularning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish jarayonlarini avtomatlashtirish;
  • loyihalarning muddatlari, byudjeti, maqsadlari va ko'rsatkichlari ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • investisiyalar, shu jumladan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalarning jalb etilgan va o'zlashtirilgan hajmlari bo'yicha ishonchli ma'lumotlarni shakllantirish;
  • loyihalarni amalga oshirishda quvvatlarni o'z vaqtida ishga tushirish bo'yicha xavf-xatarlarni aniqlash;
  • investisiyadan keyingi davrda, loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadli ko'rsatkichlarga erishishni kuzatib borish.

Ayni paytda tizim test rejimida ishlamoqda, loyihalar tashabbusi bilan chiqish, ularni amalga oshirish, nazorat va monitoring qilish jarayoniga jalb etilgan vazirliklar, idoralar va xo'jalik birlashmalarini tizimga ulash yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

Axborot tizimini joriy etish Real vaqt rejimida samarali monitoring olib borish, loyihalarning belgilangan muddatlarda bajarilishini, investisiyalar jumladan, to'g'ridan-to'g'ri investisiyalar o'zlashtirish shaffofligini ta'minlash, loyihalarni amalga oshirishda xavflarni prognozlash va oldini olish, maqsadli ko'rsatkichlarga erishish va bu orqali loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradi.

Axborot tizimi O'zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi institutini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, tegishli xarajatlar va byurokratik sansolarlikni kamaytirish imkonini beradi.