• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Oliy maktabda “O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

Hozirgi kun talablariga asosan qimmatli qog‘ozlar bozorida ham keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida biznes va tadbirkorlik faoliyati subyektlari, qolaversa, iqtisodiy jarayon bilan hamnafaslikda bo‘lgan barcha shaxslar o‘z iqtisodiy manfaatlarini qimmatli qog‘ozlar bozori bilan bemalol bog‘lashi mumkin.

Joriy yilning 6-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida Oliy maktab tinglovchilari va xodimlar uchun navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.

Tadbirda “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati boshqarma boshlig‘i, dotsent Tashov Fayzulla Muratovich va Oliy maktabining “Biznesni boshqarish (MBA)” kafedrasi mudiri, professor Suyunov Dilmurod Xolmuradovichlar tomonidan mamlakatimizda qimmatli qog‘ozlarni rivojlantirishga qaratilgan masalalar haqida nutq so‘zlandi.

Bu soha nafaqat O‘zbekistonda, balki butun MDH davlatlariga yangi ekanligini ta’kidlash lozim. Qimmatli qog‘ozlar bozori katta daromad manbai bo‘lishi mumkin, shuning uchun mamlakatimizda uni rivojlanishiga e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu mahorat darsini tashkil qilishdan maqsad tinglovchilarimizni qimmatli qog‘ozlar bozorining holati, uni rivojlantirish istiqbollari, bozorda ishtirok etish mexanizmlari, depozitariyda aksiyalarini joylashtirilishi, saqlanishi, hisobga olinishi hamda tahlil qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni tanishtirish bo‘ldi.

Tadbir yakunida tinglovchilar va mutaxassislar o‘rtasida interaktiv savol javob bo‘lib o‘tdi, qatnashchilar bozor ishtirokchilari uchun yaratilgan sharoitlar va huquqiy ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.