• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

ANDIJON, FARG’ONA VA NAMANGAN VILOYATI HOKIMLIK VAKILLARI UCHUN SEMINAR-TRENING START OLDI

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida 2021 yil 11-26 yanvar kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimlarining birinchi o'rinbosarlarining saviyasi va malaka darajasi oshirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etilgan.

Joriy yil 19 yanvar kuni, seminar-trening navbatdagi hokimliklar vakillari (Andijon, Farg’ona va Namangan viloyatlari) uchun boshlandi.

Seminar-treningda vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari rahbarlari, shuningdek, xorijiy va mahalliy ekspertlar hamda oliy ta'lim muassasalarining tajribali va malakali professor-o'qituvchilari jalb etildi. Jumladan, Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki va BMT traqqiyot dasturi ekspertlari ham o'zlarining ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda.

Eslatib o'tamiz, mazkur seminar-treningni asosiy maqsadi – hududlarni kompleks rivojlantirishda yangicha tizimini joriy qilish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, o'sish nuqtalarini aniqlash, mahalliy byudjetlar daromadlar bazasini mustahkamlash, yangi ish o'rinlarini yaratish, kambag'allikni qisqartirish, faoliyatni rejalashtirish va ishlarni tashkil qilish hamda vaqtdan unumli foydalanish orqali samaradorlikni oshirish, kurs ishtirokchilarida xalqaro tajribaga asoslanib kelajakda amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar haqida ko'nikma hosil qilish.