• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

“Qonunchilikni isloh qilishda olimlar va mutaxassislarning roli - Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashamiz”

Joriy yilning 24-noyabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetining Yosh olimlar kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi tomonidan navbatdagi ilmiy munozara o‘tkazildi.

O‘zbekistonda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat hayoti hamda faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyaviy omillarga barham berish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, tashkil etilgan ilmiy munozarada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-sonli Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-sonli Qarorini ijrosini ta’minlashda keng jamoatchilik va ilmiy hamjamiyatning rolini kuchaytirish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.

Ilmiy munozarada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni bajarish bo‘yicha takliflar va ilmiy xulosalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, TDYU professori, yuridik fanlari doktori Salomat Niyozova tomonidan bugungi kunda korrupsiyani kelib chiqish sabablari hamda uni jamiyat boshqaruvida o‘rnini keskin kamaytirish choralari to‘g‘risida yosh olimlar va Oliy maktab tinglovchilari uchun mahorat darsi o‘tkazildi.