• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Tadbirkorlikni rivojlantirish: muammo va zamonaviy yechimlar” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

Respublikamizda iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadi ochiq va shaffof bozorni yaratish, demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurish hisoblanadi. Mamlakatimizda iqtisodiy bozor qayta o‘zgartirishlari qat’iy va izchil amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda biznesni tashkil etishning eng ilg‘or shakllaridan biri kichik va o‘rta biznes, shuningdek, xususiy tadbirkorlik hisoblanadi, tadbirkorlar esa bozor iqtisodiyotini asosiy harakatlantiruvchi kuchi deb ta’riflanadi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 11-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Tadbirkorlikni rivojlantirish: muammo va zamonaviy yechimlar” mavzusiga bag‘ishlangan mahorat darsi tinglovchilar uchun tashkil qilindi.

Ushbu tadbirda Office Market, Deli va Dekos kompaniyalari hammuassisi, MFaktor loyihasi hammuallifi Hasan Mamasaidov va “Biznesni boshqarish (MBA)” kafedrasi mudiri, professor Dilmurod Suyunovlar tomonidan yurtimizda tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari haqida nutq so‘zlandi.

Tinglovchilarga tadbirkorlikni rivojlantirishning zamonaviy yo‘llari, sohada uchraydigan muammolar hamda ularning to‘g‘ri yechimini topish, shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlar tajribalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir qatnashchilari biznesni rivojlantirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar, yig‘ilish yakunida esa ishtirokchilar hamda mutaxassislar o‘rtasida interaktiv savol javob bo‘lib o‘tdi.