• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Yamagata prefekturasining kichik va o‘rta biznes tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi

2023-yil 22-dekabr kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi mutaxassislari hamda hokim yordamchilarining Yaponiyaga xizmat safari bo‘lib o‘tdi. Xizmat safari davomida ushbu davlatning Yamagata prefekturasida joylashgan “Oriental Carpet Mills Co., Ltd” va “Yamagata Asahi Co., Ltd” korxonalariga tashrif tashkil etildi.

Tashrifda “Oriental Carpet Mills Co., Ltd” korxonasi 1935-yil tashkil etilgan bo‘lib, tabiiy tolalar bilan qo‘l mehnati asosida gilam to‘qib chiqarishga ixtisoslashgan korxona. Korxonada jami 60 nafar xodim faoliyat yuritadi va ushbu xodimlarning asosiy qismini ayollar tashkil qiladi. Bugungi kunda korxona mahsulotlarining asosiy xaridori davlat idoralari, mahalliy va xorijiy yirik kompaniyalardir. Korxona o‘z mahsulotlarini o‘ndan (10 dan) ortiq davlatlarga buyurtma asosida eksport qilib kelmoqda hamda va yillik aylanma mablag‘i 7 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Ushbu korxonaning o‘ziga xos jihati dastlab kichik hunarmandchilik asosida o‘z faoliyatini boshlab, bugungi kunda o‘rta biznes sifatida kengayib bormoqda. Shuningdek, korxona tomonidan qo‘lda to‘qilgan gilam mahsulotlarini brendini ilgari surish orqali dunyoning yetakchi tashkilot va muassasalariga gilamlar yetkazib berilmoqda.

O‘z o‘rnida “Yamagata Asahi Co., Ltd” kompaniyasi 1988-yilda tashkil etilgan bo‘lib, elektrotexnika jihozlari uchun metall qoplamalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bugungi kunga kelib, korxonada 56 nafar xodim faoliyat ko‘rsatadi. Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar O‘zbekiston, Janubi-Sharqiy Osiyo va Osiyoning boshqa qator davlatlariga eksport qilinmoqda va aylanma mablag‘i yiliga 6 million AQSH dollarni tashkil qiladi.

Bundan tashqari “Yamagata Asahi Co., Ltd” kompaniyasi ta’lim va biznes o‘rtasidagi kooperatsiyaning muhimligini inobatga olgan holda Yamagata universiteti bilan birgalikda hamkorlik qilmoqda. Bunda Yamagata universiteti tomonidan korxona xodimlariga boshqaruv, tejamkor ishlab chiqarish bo‘yicha trening va mahorat darslarini tashkil etadi hamda ishlab chiqarishda innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar berib boradi.