• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

HOKIMLARNING BIRINCHI O'RINBOSARLARI MALAKA DARAJASINI OSHIRISH HAMDA TAJRIBA ALMASHISH MAQSADIDA SEMINAR-TRENING

Avvalroq xabar berganimizdek, 2021 yil 11 yanvardan-27 yanvarga qadar, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosarlari uchun, iqtisodiyot tarmoqlari va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi malakasini zamonaviy bilimlar va usullar asosida oshirish, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni boshqarish borasida bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida o'quv seminar-trening tashkil etildi.

Bugun, 11 yanvar kuni seminar-treningning 1-kuni o'z yakuniga etdi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlari hokimlarining birinchi o'rinbosarlari ishtirok etishdi va seminar-treningda quyidagi mavzular o'tildi: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil uchun murojaatnomasidagi asosiy iqtisodiy rivojlanish yo'nalishlari va Iqtisodiyot asoslari; iqtisodiy o'sish va kambag'allikni qisqartirishda xalqaro tajriba va boshqaruv organlarining roli; hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish asoslari, "mahallabay" ishlash va aholini ijtimoiy himoya qilish; Hududlarda ishsizlikni kamaytirish, aholini kasb-hunarga va tadbirkorlikka o'qitish hamda bandlikni ta'minlash muammolari; hududlarda tadbirkorlar bilan ijro hokimiyati o'rtasidagi muammolar va ularni hal qilish omillari; "Time management" (vaqtni boshqarish) haqida so'z yuritildi.

Seminar-treningda vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari rahbarlari, shuningdek, xorijiy va mahalliy ekspertlar hamda oliy ta'lim muassasalarining tajribali va malakali professor-o'qituvchilari jalb etildi. Jumladan, Evropa taraqqiyot va tiklanish banki va BMT traqqiyot dasturi ekspertlari o'zlarining ma'ruzasi bilan ishtirok etishdi.