• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Magistraturaning yangi yo’nalishi uchun qabul davom etmoqda

 

Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, biznes va tadbirkorlik bo'yicha respublika iqtisodiyotini rivojlantirish uchun zarur bo'lgan kadrlarni xalqaro talablar darajasida tayyorlash maqsadida, quyidagi magistratura mutaxassisligi bo'yicha to'lov-kontrakt asosida faqat kunduzgi ta'lim shakliga qabul davom etayotganini ma’lum qiladi:

 

  • 5А230301 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish (Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik)- o'qish muddati 1 yil.

Qabul oliy ta'limning davlat ta'lim standartlariga muvofiq, ishlab chiqarishdan ajralgan holda to'lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi va o'qishni tugatgan bitiruvchilarga so'ng tegishli mutaxassislik bo'yicha magistr darajasi to‘g‘risidagi davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi.

Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga veb-sayt orqali (rgsbm.uz) Oliy maktab direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:

- davlat boshqaruvi organlari, xo'jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik sub'ektlari birinchi rahbarlarining imzosi qo'yilgan tavsiya xati;

- oliy ma'lumot to'g'risidagi hujjatning nusxasi;

- 4x6 o'lchamdagi rangli fotosurat;

- pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);

- ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat (agar mavjud bo'lsa).

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar: oliy ma'lumotga va oliy ta'lim muassasasini tamomlagandan keyin kamida uch yil ish stajiga ega 45 yoshgacha bo'lgan nomzodlar suhbat va test sinovlari natijalari bo'yicha ochiq tanlov asosida qabul qilinadi.

Magistraturaga kirish uchun hujjat topshirish muddati (davri) –2021 yil 15 fevralgacha;

Qabul komissiyasining ishlash jadvali:

dushanba – juma kunlari, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

O'qishga hujjat topshirish faqat elektron shaklda Oliy maktabning veb-sayti orqali har kuni 24 soat mobaynida amalga oshiriladi.

Batafsil ma'lumot

Telefonlar:

(71) 239-03-19;

(71) 239-03-17;

(71) 239-03-05.

Veb-sayt: https://rgsbm.uz

Telegram: t.me/rgsbm_uz

Facebook: fb.com/rgsbm.uz

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko'chasi, 25 uy.

Mo'ljal: «Premier Hall» kinoteatri.