• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

5А230301 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, biznes va tadbirkorlik bo'yicha respublika iqtisodiyotini rivojlantirish uchun zarur bo'lgan kadrlarni xalqaro talablar darajasida tayyorlash maqsadida, 2020-2021 o'quv yilidan boshlab quyidagi magistratura mutaxassisligi bo'yicha to'lov-kontrakt asosida faqat kunduzgi ta'lim shakliga qabul e'lon qiladi:

5А230301 "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish (Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik)" - o'qish muddati: 1 yil.

Qabul oliy ta'limning davlat ta'lim standartlariga muvofiq, ishlab chiqarishdan ajralgan holda to'lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi va o'qishni tugatgan bitiruvchilarga so'ng tegishli mutaxassislik bo'yicha magistr darajasi to‘g‘risidagi davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi.

Magistraturaga kirish uchun hujjat topshirish muddati (davri) – 2021 yil 15 fevralgacha;

O'qish shakli - kunduzgi (ishlab chiqarishdan ajralgan holda).

 

Oliy ma'lumotga va oliy ta'lim muassasasini tamomlagandan keyin kamida uch yil ish stajiga ega 45 yoshgacha bo'lgan nomzodlar suhbat va test sinovlari natijalari bo'yicha ochiq tanlov asosida qabul qilinadi.

Ingliz tilini V2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi milliy malaka sertifikati yoki CEFR (Common European Framework of Reference) bo'yicha B2, IELTS (International English Language Testing System) bo'yicha 5,0 ball, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) bo'yicha 72 balldan kam bo'lmagan darajada ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlarga ega bo'lgan, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarini ingliz ta'lim tilida bitirgan nomzodlar ingliz tili bo'yicha imtihon topshirishdan ozod qilinadi. Ularga mazkur fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga veb-sayt http://docs.rgsbm.uz/admission?lang=ru orqali Oliy maktab direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:

  • davlat boshqaruvi organlari, birinchi rahbarlarining imzosi qo'yilgan tavsiya xati;

  • oliy ma'lumot to'g'risidagi hujjatning nusxasi;

  • 4x6 o'lchamdagi rangli fotosurat;

  • pasport  nusxasi (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);

  • ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat (agar mavjud bo'lsa, agar bo'lmasa shart emas).

Magistraturaga kirish imtihonlaridan (suhbat va testdan) muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar yuqorida ko'rsatilgan hujjatlarning aslini yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini Oliy maktabga taqdim etadi.

 

 Oliy maktab magistraturasiga kirish imtihonlaridan o’ta olmagan nomzod kirish imtihonlari natijalari e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida Oliy maktab orqali apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini uch ish kuni ichida ko’rib chiqadi va qabul qilingan qaror to’g’risida nomzodga shu kunning o’zida yozma ravishda xabar beradi.

dushanba – juma kunlari, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

O'qishga hujjat topshirish faqat elektron shaklda Oliy maktabning veb-sayti orqali har kuni 24 soat mobaynida amalga oshiriladi.

Telefonlar:

+99871 2390305

+99871 2390313

+99871 2390303

Veb-sayt: https://rgsbm.uz

Telegram: t.me/rgsbm_uz

Facebook: fb.com/rgsbm.uz

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko'chasi, 25 uy.

Mo'ljal: «Premier Hall» kinoteatri.

Hujjatlarni onlayn topshirish

Ilova qiling