• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

O‘zbekistonda xakatonlar, biznes inkubatorlari va startap akseleratorlarini tashkil etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2023-yil 8-noyabr kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi vakillari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMTni rivojlantirish dasturi (BMTTD) bilan birgalikda “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisida tashkil etilgan “Xakatonlar, biznes inkubatorlari va startap akseleratorlarini tashkil etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar” taqdimotida ishtirok etdilar.

Tadbirda vazirlik, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, oliy ta’lim muassasalari vakillari, shuningdek, startaplarni rivojlantirishga qiziqishi bo‘lgan tadbirkorlar ishtirok etdi.

Xakatonlarni tashkil etish bo‘yicha tadbirda “Phystech Genesis” (Rossiya) kompaniyasi direktori Yevgeniy Anikin, biznes inkubatorlarini boshqarish bo‘yicha “Future Laboratory” (Gruziya) direktori Irakliy Kashibadze hamda startap akseleratorlarini o‘tkazish bo‘yicha “Loga Group” (Rossiya - Ispaniya) kompaniyasi asoschisi Aleksandr Loktionov taqdimotlar bilan ishtirok etishdi.

Ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar startap tashabbuslarini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash hamda oliy o‘quv yurtlari va tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda istiqbolli biznes loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, shuningdek, respublikada startap ekotizimining salohiyatini mustahkamlashga muayyan hissa qo‘shadi.