• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

SIRTQI TA'LIM SHAKLI TINGLOVCHILARINING TASHKILIY YIG'ILISHI

2020-yil 8-fevral kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi o'rinlarda – Oliy maktab) 2020-2021 – o'quv yili uchun qishki qabulda o'qishga muvaffaqiyatli qabul qilingan sirtqi ta'lim magistratura tinglovchilari o’rtsaida tashkiliy yig'ilish bo'lib o'tdi.

An’ananga muvofiq tadbirni kirish so'zi bilan Oliy majtab direktori, qtisod fanlari doktori Abduraupov Rustam Ramzovich ochib berdi.

Tinglovchilarni samimiy kutib olib imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlari va Oliy maktabda o'qishni boshlaganliklari bilan muborak etdi. Oliy maktab – bugungi kunda mamlakatimizda belgilangan vazifalarni samarali boshqarishga qodir yuqori malakali rahbar kadrlarini tayyorlashga yo'naltirilgan innovatsion o'quv dasturlari ishlab chiqilgan mamlakatdagi yetakchi ta'lim muassasalaridan biri ekanligi haqida gapirib o’tdi.

Tadbir doirasida Oliy maktab vakillari tinglovchilarga xalqaro va qisqa muddatli kurslar, kredit-modul tizimini joriy etish haqida so'zlab berdilar, hamda masofadan turib o'qitish onlayn platformasidan foydalanishni o'rgandilar.

So'ng, Oliy maktabda pedagogik faoliyat olib borayotgan AQSh va Yaponiyadan taklif etilgan xorijiy professorlarning rasmiy taqdimoti bo'lib o'tdi.

Uchrashuv yakunida tinglovchilar kafedralar va bo'limlar faoliyati, shuningdek, o'quv jarayoni va ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish masalalari bilan atroflicha tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Bunday ko’rinishdagi tadbir, Oliy maktab jamoasiga, tinglovchilar bilan «doimiy  muloqotda» bo'lishga, ta'lim faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan barcha so'rovlarga tezkorlik bilan javob qaytarishga imkon beradi.

O'z navbatida, biz barcha tinglovchilarga, Oliy maktabda o’tkazadigan davrlarini yangi tanishlar ortirish va imkoniyatlar boy bo'lishini tilab qolamiz.