• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB VAKILLARI "UZAUTO MOTORS POWERTRAIN"AJ MOTOR ZAVODIGA TASHRIF BUYURISHDI

Joriy yilning 24 noyabr sanasida O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o’rinlarda – Oliy maktab) o’quv amaliyot darslari doirasida, magistratura tinglovchilari uchun "Uzauto Motors Powertrain" AJ motor zavodiga ekskursiya tashkil etildi.

Ekskursiyani boshlashdan avval tadbir ishtirokchilari uchun majburiy texnika xavfsizligi bo’yicha instruktaj o'tkazildi va unda zavod hududi bo'ylab harakatlanish qoidalari bilan bir qatorda kompaniya maqsadlari va qadriyatlari haqida ma'lumot berildi.

Ekskursiya xodimlar malakasini oshirish markaziga tashrif bilan boshlandi va so’ngra quyish va yig'ish sexlari kabi ishlab chiqarish maydonchalariga tashrif buyurildi. Tashrif davomida mehmonlar dvigatel ishlab chiqarish jarayonini ko'zdan kechirib, korxonaning ishlab chiqarish quvvati va salohiyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir so’ngida mehmonlar zavod hududida joylashgan muzeyni ko’zdan kechirishdi va blok silindrlariga alyumin golovkalar quyish bo’yicha Markaziy Osiyodagi yagona zamonaviy korxonaning tashkil etilish va rivojlanish tarixi haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lishdi.

Fursatdan foydalanib, Oliy maktab nomidan "O'zavtosanoat" AJ va "UzAuto Motors Powertrain " AJ rahbariyatiga samimiy qabul va yuqori saviyada tashkillashtirilgan ekskursiya uchun o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!