• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

BIZNES-REJANI ISHLAB CHIQISHDA ASOSIY NARSALAR

2020-yil 13-fevral kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi magistratura tinglovchilari uchun «Biznes-reja tuzishda asosiy e’tibor va masalalar» mavzusida maxsus mahorat darsi bo’lib o’tdi.

Tadbirni, biznes rejalashtirish sohasida katta tajribaga ega bo'lgan shaxs, biznes-maslahatchi, O'zbek-Yapon markazidagi professional Menejment dasturi murabbiysi - Narinyan Sofiya Surenovna olib bordi.

Ishtirokchilarni biznesni rejalashtirish asoslari va biznes-reja tuzish bo'yicha asosiy ko'nikmalarni ishlab chiqish bilan tanishtirdi. Dastur biznes-rejaning mohiyati, strategik rejalashtirishdagi turlari va o’rni, biznes-rejaning bo'limlarini ko'rib chiqish va ularning o'zaro aloqasi, biznes-rejani tuzish ishlarini tashkil etish, marketing rejasining aspektlari, marketing strategiyasi, marketing byudjeti, tashkilot va boshqaruv rejasining aspektlari haqida ma'lumotlar bilan o’rtoqlashdi.

Tinglovchilar biznes-reja tuzish bo'yicha uslubiy tushuncha va osinovdan o’tgan vositalarni qo'llash amaliyoti bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lishdi. Ishtirokchilar biznesni rejalashtirish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan amaliy mashg'ulotlarni bajarishdi.

Biznes-rejani tuzishda muhim bosqichlaridan bu uni loyiha ijrochilarining (uni tuzish tashabbuskorlari) bevosita ishtirokida amalga oshirishdir. Buning uchun tadbirkor o'z tashkilotining zaif va kuchli tomonlari, uning faoliyatining asosiy yo'nalishlari, ushbu biznes-rejani hayotga tatbiq etish uchun real imkoniyatlari haqida ko'proq tizimli va to'liq tasavvurga ega bo'lish uchun zarurdir.

Tadbirning jonli va interaktiv formati ishtirokchilarga o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olish imkonini berdi.