• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishda biznes va ta’limning ahamiyati

2024-yil 25-aprel kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun Malayziyaning MARA texnologiya universiteti mutaxassisi Dr.Nursaadatun Nisak Ahmad bilan hamkorlikda “Innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishda biznes va ta’lim o‘rtasidagi hamkorlik” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Dunyodagi oliy ta’lim sohasidagi asosiy tendensiyalardan biri universitetlarda innovatsion tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir. Ushbu tizim ilm-fan va biznes o‘rtasida hamkorlikni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, bunda ilmiy ishlanmalar, ilg‘or nazariy g‘oya va bilimlarni biznes amaliyotda qo‘llashni nazarda tutadi.

Mahorat darsida xorijiy mutaxassis bugungi kunda ta’lim va biznes o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha Malayziyada olib borilayotgan islohotlar haqida qisqacha tanishtirdi. Shu bilan birga ushbu yo‘nalishda MARA texnologiya universitetining faoliyati, innovatsion sohadagi yutuqlari, shuningdek sanoat korxonalari bilan hamkorlik loyihalari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. 

Shuningdek, Dr.Nursaadatun Nisak Ahmad Malayziya hududlarida kichik biznesni rivojlantirishda MARA universitetining tashabbuslari va mahalliy biznes vakillari bilan amalga oshirayotgan loyihalari to‘g‘risida misollar keltirdi.

Tadbirda malayziyalik mutaxassis Malayziya tajribasi asosida O‘zbekistonda ta’lim va biznes tashkilotlari o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarida tavsiyalarini berib o‘tdi.

Seminar yakunida MARA texnologiya universiteti mutaxassisi Dr.Nursaadatun Nisak Ahmad Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bilan mazkur yo‘nalishda hamkorlik qilishga tayyorligini va MARA universiteti bilan innovatsion tadbirkorlik yo‘nalishida olib borilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishishga taklif qildi.