• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB HUDUDIY FILIALLARI TOMONIDAN O'TKAZILGAN O'QUV KURSLARI BO'YICHA MA’LUMOT

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hududiy filiallari tomonidan 2021 yil 15 fevral kunidan hududlarda Aholini (yoshlar va xotin-qizlarni) tadbirkorlik ko'nikmalariga o'qitish, “Oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali kredit olishni mo'ljallagan aholi qatlamlari uchun” qisqa muddatli o'quv kursi, Tadbirkorlarni biznesni boshqarish va rivojlantirish ko'nikmalariga o'qitish bo'yicha bepul o'quv kurslari tashkil etilib kelinmoqda.

            2021 yil 11 oktyabr kuniga qadar jami 399 ta o'quv kurslari tashkil etildi hamda 7530 nafar tinglovchilar  o'quv kurslariga jalb etildi. 6580 nafari (08.10.2021 yil holatiga) o'quv kurslari yakunida sertifikatlar bilan taqdirlandilar. O'quv kurslarida qatnashgan tinglovchilarning 2086 nafarini yoshlar, 4910 nafarini xotin-qizlar hamda 434 nafarini aholining tadbirkorlikka qiziquvchi qatlamlari tashkil etmoqda. O'quv kurslariga “Ayollar daftari”ga kiritilgan 1965 nafar xotin-qizlar qatnashib 1669 nafari Oliy maktab tomonidan o'quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlaganligi sababli sertifikat bilan taqdirlandilar. Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 2662 nafar tinglovchidan 2331 nafari Oliy maktab tomonidan o'quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlaganligi sababli sertifikat bilan taqdirlandilar.

            Bugungi kunda tinglovchilardan 2089 nafari o'z tadbirkorlik faoliyatini boshlab yuborganlar hamda 3400 nafar tinglovchilar o'z faoliyatini boshlash arafasida turibdilar.

Hududlarda aholini (yoshlar va xotin-qizlar) tadbirkorlikka o'qitilgan tinglovchilar to'g'risida ma'lumot

Hudud

 

O’quv kurslarida qatnashganlar

Biznesni boshlaganlar soni

Ayollar soni

% hisobida

Yoshlar soni

% hisobida

Qiziquvchi qatlamlar soni

foiz hisobida

“Ayollar daftari”

“Yoshlar daftari”

1

Qoraqalpog'iston Respublikasi

331

4,39

297

3,94

13

0,17

40

185

2

Xorazm viloyati

366

4,86

66

0,87

15

0,19

13

22

3

Buxoro viloyati

420

5,57

182

2,41

23

0,30

78

65

4

Navoiy viloyati

301

3,99

152

2,01

30

0,39

11

15

5

Surxondaryo viloyati

373

4,95

134

1,77

31

0,41

6

80

6

Qashqadaryo viloyati

338

4,48

62

0,82

45

0,59

32

14

7

Samarqand viloyati

489

6,49

231

3,06

70

0,92

49

42

8

Jizzax viloyati

159

2,11

284

3,77

0

0

2

43

9

Sirdaryo viloyati

268

3,55

42

0,55

13

0,17

20

23

10

Namangan viloyati

397

5,27

159

2,11

107

1,42

148

129

11

Farg'ona viloyati

721

9,57

337

4,47

116

1,54

89

79

12

Andijon viloyati

616

8,18

69

0,91

16

0,21

53

16

13

Toshkent viloyati

156

2,07

71

0,94

30

0,39

2

3

 

Jami

4935

65,48

2086

27,63

509

6,7

543

716