• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda

2024-yil 10-yanvar kuni Toshkent shahrida Yaponiya-O‘zbekiston biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu biznes forumda O‘zbekiston tomonidan Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi shuningdek, boshqa tashkilotlar jumladan, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Shu bilan birga Yaponiya tomonidan Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi, Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO), Energetika va sanoat texnologiyalari rivojlanishi bo‘yicha davlat korxonasi(NEDO) hamda “Eurus Energy Holdings”, “Yokogawa Electric”, “Synspective”, “Arkedge Space”, “Fujifilm” kabi yirik korporatsiya rahbarlari va Yamagata universiteti vakillari biznes forumda qatnashdilar. 

Biznes forum davomida “Energetika transformatsiyasining istiqbollari” hamda “Raqamli iqtisodiyotda sanoatning rivojlanishi. O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishida startaplarning ahamiyati” mavzularida taqdimotlar o‘tkazildi.

Ushbu taqdimotlarda Yaponiya tomoni energetika sohasi va yashil texnologiyalarni sanoat korxonalarda joriy etish, innovatsion tadbirkorlik hamda startaplarni rivojlantirish bo‘yicha Yaponiya tajribasi, shuningdek, o‘zaro istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

Tadbir yakunida ikki davlatning tegishli tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik hujjatlarini imzolash va almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.