• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi salohiyati xalqaro biznes forumda namoyish etildi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Samarqand viloyati hududiy filiali vakillari 30-aprel 1-may kunlari bo‘lib o‘tgan "E-COM & RETAIL EXPO 2024" xalqaro ko'rgazmada ishtirok etdilar.

Mazkur tadbir Samarqanddagi "SOF EXPO Samarkand" xalqaro ko‘rgazmalar markazida bo'lib o'tdi.

"E-COM & RETAIL EXPO 2024" xalqaro ko'rgazma-forumida davlat tashkilotlari, tarmoq korxonalar hamda mahalliy va xorijiy kompaniyalari vakillari quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ishtirok etishdi:
- elektron tijorat va chakana savdo;
- biznes jarayonlarini avtomatlashtirish;
- investitsiyalar;
- marketpleyslar va onlayn magazinlar;
- IT xizmatlari va startaplar;
- chakana savdo uchun mahsulot ishlab chiqaruvchilar;
- kuryerlik xizmatlari;
- marketing yo‘nalishlariga bag‘ishlangan. 

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Samarqand viloyati hududiy filiali vakillari ko‘rgazma ishtirokchilariga Oliy maktab imkoniyatlari, ta'lim yo'nalishlari, zamonaviy qisqa muddatli kurslar, innovatsion tadbirkorlik va yashil iqtisodiyotni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to'g'risida batafsil ma'lumotlar taqdim etdilar.