• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABI MAGISTRATURASIGA 2020-2021 O'QUV YILI UCHUN QABUL BOSHLANDI

O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 2020-2021 o'quv yili uchun quyidagi magistratura mutaxassisliklari bo'yicha to'lov-kontrakt asosida kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllariga qabul e'lon qiladi:

  • «Biznesni boshqarish(Master of Business Administration – MBA)» - o'qish muddati: 2 yil.
  • «Loyiha boshqaruvi (Project Management)» - o'qish muddati: 1 yil.

Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga veb-sayt orqali Oliy maktab direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:

- davlat boshqaruvi organlari, xo'jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik sub'ektlari birinchi rahbarlarining imzosi qo'yilgan tavsiya xati;

- oliy ma'lumot to'g'risidagi hujjatning nusxasi;

- 4x6 o'lchamdagi rangli fotosurat;

- 086-u shaklidagi tibbiy ma'lumotnoma;

- pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);

- ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat (agar mavjud bo'lsa).

Magistraturaga kirish imtihonlaridan (suhbat va testdan) muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar yuqorida ko'rsatilgan hujjatlarning aslini yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini Oliy maktabga taqdim etadi.

Ushbu mutaxassisliklar bo'yicha magistrlarni Oliy maktab ilg'or xalqaro tajriba asosida tayyorlab, yetakchi nufuzli xorijiy tashkilotlar ishtirokida qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Bugungi kunda Oliy maktab mamlakatdagi etakchi ta'lim muassasalaridan biri bo'lib, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga zarur bo'lgan boshqaruv kadrlari, shu jumladan kichik biznes va tadbirkorlik, raqamli iqtisodiyot, raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish, marketing, menejment va iqtisodiyotning talab yuqori bo'lgan boshqa yo'nalishlari bo'yicha magistrlarni, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan.

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar: oliy ma'lumotga va oliy ta'lim muassasasini tamomlagandan keyin kamida uch yil ish stajiga ega 45 yoshgacha bo'lgan nomzodlar suhbat va test sinovlari natijalari bo'yicha ochiq tanlov asosida qabul qilinadi.

Ingliz tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi milliy malaka sertifikati yoki CEFR (Common European Framework of Reference) bo'yicha B2, IELTS (International English Language Testing System) bo'yicha 5,0 ball, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) bo'yicha 72 balldan kam bo'lmagan darajada ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlarga ega bo'lgan, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarini ingliz ta'lim tilida bitirgan nomzodlar ingliz tili bo'yicha imtihon topshirishdan ozod qilinadi. Ularga mazkur fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

Magistraturaga kirish uchun hujjat topshirish muddati (davri) – 2020 yil 5 oktyabrdan 2020 yil 25 oktyabrgacha;

Qabul komissiyasining ishlash jadvali:

dushanba – juma kunlari, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

O'qishga hujjat topshirish faqat elektron shaklda Oliy maktabning veb-sayti orqali har kuni 24 soat mobaynida amalga oshiriladi.

Batafsil:https://rgsbm.uz/uz/menu/priem-20202021

Telefonlar:

+99871 2390313

+99871 2390303

+99871 2390305

Veb-sayt: https://rgsbm.uz

Telegram: t.me/rgsbm_uz

Facebook: fb.com/rgsbm.uz

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko'chasi, 25 uy.

Mo'ljal: «Premier Hall» kinoteatri.