• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Qabul 2020/2021

O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 2020-2021 o'quv yili uchun quyidagi magistratura mutaxassisliklari bo'yicha to'lov-kontrakt asosida kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllariga qabul e'lon qiladi:

O'qish quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha olib boriladi:

  1. «Biznesni boshqarish(Master of Business Administration – MBA)» - o'qish muddati: 2 yil.

Yillik to'lov-kontrakt summasi: 19 500 000 (1 o'quv yili uchun)

  1. «Loyiha boshqaruvi (Project Management)» - o'qish muddati: 1 yil.

Yillik to'lov-kontrakt summasi: 19 500 000

 

Magistraturaga kirish uchun hujjat topshirish muddati (davri) – 2020 yil 5 oktyabrdan 2020 yil 15 noyabrgacha (15-noyabr kuni ham)

O'qish shakli - kunduzgi, sirtqi.

Oliy ma'lumotga va oliy ta'lim muassasasini tamomlagandan keyin kamida uch yil ish stajiga ega 45 yoshgacha bo'lgan (o'qitishning faqat kunduzgi shakliga) nomzodlar suhbat va test sinovlari natijalari bo'yicha ochiq tanlov asosida qabul qilinadi.

Ingliz tilini V2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi milliy malaka sertifikati yoki CEFR (Common European Framework of Reference) bo'yicha B2, IELTS (International English Language Testing System) bo'yicha 5,0 ball, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) bo'yicha 72 balldan kam bo'lmagan darajada ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlarga ega bo'lgan, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarini ingliz ta'lim tilida bitirgan nomzodlar ingliz tili bo'yicha imtihon topshirishdan ozod qilinadi. Ularga mazkur fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga veb-sayt orqali Oliy maktab direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:

- davlat boshqaruvi organlari, xo'jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik sub'ektlari birinchi rahbarlarining imzosi qo'yilgan tavsiya xati;

- oliy ma'lumot to'g'risidagi hujjatning nusxasi;

- 4x6 o'lchamdagi rangli fotosurat;

- 086-u shaklidagi tibbiy ma'lumotnoma;

- pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);

- ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat (agar mavjud bo'lsa).

Magistraturaga kirish imtihonlaridan (suhbat va testdan) muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar yuqorida ko'rsatilgan hujjatlarning aslini yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini Oliy maktabga taqdim etadi.

Hujjatlar qabul qilish davri

Magistraturaga kirish uchun hujjat topshirish muddati (davri) – 2020 yil 5 oktyabrdan 2020 yil 25 oktyabrgacha.

dushanba – juma kunlari, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

O'qishga hujjat topshirish faqat elektron shaklda Oliy maktabning veb-sayti orqali har kuni 24 soat mobaynida amalga oshiriladi.

Telefonlar:

+99871 2390313

+99871 2390303

+99871 2390305

Veb-sayt: https://rgsbm.uz

Telegram: t.me/rgsbm_uz

Facebook: fb.com/rgsbm.uz

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko'chasi, 25 uy.

Mo'ljal: «Premier Hall» kinoteatri.

 

Hujjatlarni onlayn topshirish

Ilova qiling