• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

АCCА ning DipIFR malakasini qo’lga kiriting va yuqori talabga ega mutaxassis bo'ling!

Biz sizlarga mamnuniyat bilan xabar beramizki, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o'rinlarda - Oliy maktab) ACCA ning RLP (Registered Learning Partner) dasturi bo'yicha akkreditatsiyadan o'tgan hamkori maqomini qo'lga kiritdi. Mazkur maqom Oliy maktabni ACCA kurslarida o'qishni xohlagan tinglovchilar uchun sifatli o'qitish xizmatlarini yetkazib beruvchi sifatida tasdiqlaydi.

O'tgan hamkor sifatida Oliy maktab “Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari (MHXS) АCCА ning DipIFR malakasi” dasturi bo'yicha o'qitadi. Kurs dasturining to'liq tavsifi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin. (https://rgsbm.uz/uz/menu/uchebnyj-kurs-msfo-dipifr-rus)

Shuni eslatib o'tamizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PF-4611-sonli Farmoniga muvofiq yirik soliq to‘lovchilar hisoblangan aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar 2021-yil 1-yanvardan boshlab moliyaviy hisobotlarni MHXS asosida tuzish va MHXSga oid bilimlarini tasdiqlovchi 3 ta mutaxassisni yollash majburiyatni o‘z zimmalariga olishi belgilandi. Qarorning to'liq matni bilan shu yerda tanishish mumkin.

Mazkur kursda qatnashish istagini bildirgan talabgorlar 99 8673577, 71 2390310 raqamlari yoki b.mamatov@rgsbm.uz elektron manziliga xat orqali murojaat qilishlari mumkin.