• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Oliy maktabda Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining prorektori, Moliya va barqaror rivojlanish instituti direktori Andrey Margolin bilan mahorat darsi va uchrashuv tashkil etildi

Joriy yilning 23-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida tinglovchilar uchun “Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning strategik ustuvor yo‘nalishlari va ularni amalga oshirishda investitsiya siyosatining o‘rni” mavzusida seminar tashkil etildi.

Ushbu mahorat darsida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining prorektori (РАНХиГС) - Moliya va barqaror rivojlanish instituti (ИФУР) direktori, iqtisod fanlari doktori, professor - Andrey Markovich Margolin nutq so‘zladi.

Tadbir davomida asosan iqtisodiyot va investitsiya siyosatiga yangi texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy dunyoda xaridorlarning yangi yoki o‘zgargan talablari, shuningdek, bozor uchun yangi takliflarni shakllantirish, bundan tashqari, iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish sifati masalalari muhokama qilindi.  

Bundan tashqari, barqaror rivojlanishga erishish zarurligini tushunish va strategik ustuvorliklarni aniqlash va investitsiya siyosatini amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan “Barqaror rivojlanishning ikki uchligi” ESG mezonlarini qo‘llash asosida boshqaruv va investitsiya qarorlarini qabul qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mahorat darsi ishtirokchilar orasida katta qiziqish uyg‘otdi va seminar yakunida tashrif buyurgan professordan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldilar.

Mahorat darsi yakunlangach, Moliya va barqaror rivojlanish instituti direktori bilan Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda bo‘lim boshliqlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda MBA mutaxassisligi bo‘yicha har ikki ta’lim muassasasi xodimlari va professor-o‘qituvchilarini tajriba almashish va ta’lim sohasida samaradorlikni oshirish maqsadida jalb etish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Shuningdek, tomonlar Moliya va barqaror rivojlanish instituti bilan qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish, MBA mutaxassisligi bo‘yicha ikki tomonlama diplom va qo‘shma doktorlik dasturini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Shu bilan birga, Moliya va barqaror rivojlanish instituti professor-o‘qituvchilari tarkibidan Oliy maktab doktorantlari uchun ilmiy maslahatchilarni jalb qilish, Rossiya Xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi negizida o‘qituvchilarning malakasi va kasbiy mahoratini oshirish taklif etildi.

Muzokaralar chog‘ida yashil iqtisodiyotni rivojlantirish va davlat hamda mintaqaviy boshqaruv tizimlarining ESG transformatsiyasi mavzulari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalar, shuningdek, uchrashuv doirasidagi tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishib oldilar.