• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Oliy maktabda “Raqamli iqtisodiyotda fond birjalarini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

Joriy yilning 2-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Raqamli iqtisodiyotda fond birjalarini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida Oliy maktab tinglovchilari va xodimlar uchun navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.

Tadbirda “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati boshqarma boshlig‘i, dotsent Tashov Fayzulla Muratovich hamda Oliy maktabining “Biznesni boshqarish (MBA)” kafedrasi mudiri, professor Suyunov Dilmurod Xolmuradovichlar tomonidan hozirgi raqamli iqtisodiyot davrida fond birjalarini rivojlantirish istiqbollari haqida ma’ruza qilindi.

Fond birjasi har qanday davlat iqtisodiyotida muhim vazifalarni bajaradi hamda butun dunyo iqtisodiyoti uchun juda katta rol o‘ynaydi, shu sababli, mamlakatimizda birjalarni samarali faoliyat olib borishini ta’minlash chora tadbirlari qilinmoqda.

Respublikamizda hozirgi kun talablariga mos keladigan qimmatli qog‘ozlar bozorini yaratishda keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida biznes va tadbirkorlik faoliyati subyektlari, qolaversa, iqtisodiy jarayon bilan hamnafaslikda bo‘lgan barcha shaxslar o‘z iqtisodiy manfaatlarini qimmatli qog‘ozlar bozori bilan bemalol bog‘lashi mumkin.

Shu kabi mahorat darsini tashkil qilishdan maqsad fond birjasining rivojlantirish istiqbollari, uni holati hamda iqtisodiyotga ta’siri kabi ma’lumotlarni tinglovchilarga ulashish orqali ularni bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘ldi.

Mahorat darsi yakunida tadbir qatnashchilari mutaxassislarga qiziqarli savollar berishdi va ularga batafsil javob olishdi.  

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi