• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi tinglovchilari Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo-Ulug‘bek tumanlararo sudida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-modda “Hech kim rasmiy e’lon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi mumkin emas” hamda 31-modda “Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega” mavzularida davra suhbatida ishtirok etishdi.

Fuqorilik sudi sud raisi Tangbaev Rustam Abduganievich va Fuqorilik sudi sudyasi Norqobilov Jasur Xolboevich tomonidan tinglovchilarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Davra suhbatidan so‘ng talabalar Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud protsessida qatnashib, o‘zlari uchun muhim huquqiy va kasbiy ko‘nikmalarning amaliyotdagi ifodasini ko‘rishdi.