• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

“IT Business” mutaxassisligi tinglovchilarining loyihalari taqdimoti o‘tkazildi

Joriy yilning 20-dekabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va Adju universiteti o‘rtasidagi “Ikki diplom” dasturi “IT Business” magistratura mutaxassisligi tinglovchilari marketing yo‘nalishida yuksak bilim va ko‘nikmalarini namoyish etib, “Marketing Practice Worshop for IT-Business” fanidan yakuni nazorat ishlarini taqdimoti o‘tkazildi.

Tajribali o‘qituvchi Min Young Hun tomonidan o‘tkazilgan ushbu fan tinglovchilarga IT-biznes sohasida qo‘llaniladigan marketing yo‘nalishida amaliy ko‘nikmalar va bilimlarni oahirish uchun mo‘ljallangan. Tinglovchilar nafaqat nazariy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash, balki turli ko‘rinishda marketing strategiyalarini ishlab chiqish orqali loyihalar ustida faol ishladilar.

Yakuniy nazorat ishi taqdimot shaklida o‘tkazildi, unda tinglovchilar bozorni talablaridan kelib chiqib tahlil qilish, auditoriyani aniqlash va marketing strategiyalarini ilmiy asosda ishlab chiqish bo‘yicha o‘z mahoratlarini darsda namoyish etdilar.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Adju universiteti bilan hamkorlikda tinglovchilarga IT-biznes va marketing yo‘nalishida tajribalarini boyitish uchun noyob imkoniyatni taqdim etib, ta’lim sohasida hamkorlikni davom ettirmoqda. Ushbu tajriba nafaqat tinglovchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish hamda hozirgi kun talablarini inobatga olgan holda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.