• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va Yamagata universiteti Tadbirkorlik bo‘yicha ta’lim va tadqiqotlar markazi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Joriy yilning 10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Yamagata universiteti tadbirkorlikni o‘qitish va tadqiqotlar markazi (Yaponiya) o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi hamda hamkorlik memorandumi imzolandi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Tadbirkorlikni o‘qitish va tadqiqotlar markazining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan hamda ularni rivojlantirish sohasida samarali hamkorlik bo‘yicha  bir qator muhim tashabbuslar muhokama qilindi.

Uchrashuvda Oliy maktab negizida Yaponiya tomonining texnik ko‘magida ana shunday tadbirkorlik tadqiqotlari markazini tashkil etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, Yamagata universiteti mutaxassislarini jalb qilgan holda professor-o‘qituvchilar hamda kichik va o‘rta biznes vakillari uchun yangi biznesni rivojlantirish bo‘yicha o‘quv dasturini yaratish, shuningdek, Yamagata universitetida Oliy maktab tinglovchilari uchun tadbirkorlik sohasida qisqa muddatli amaliy almashinuvini tashkil etish haqida so‘z yuritildi.

Xodimlar va professor-o‘qituvchilar uchun biznesni tashkil etish va tadbirkorlikni rivojlantirishning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirish, o‘qitish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish, MBA tinglovchilari uchun ixtisoslashtirilgan kurslar tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda Oliy biznes maktabining hududiy filiallari uchun maxsus treninglar tashkillashtirish masalalari o‘rganildi, Yaponiya tomoni i-HOPE dasturini tatbiq qilishga qiziqish bildirdi, Markaz va Oliy maktab o‘rtasida Ikki diplom dasturlarini yaratish imkoniyatlarini muhokama etildi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Mazkur uchrashuv ushbu tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.