• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

LONDONDA FINTECH BO'YICHA XALQARO KURS!

Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi o'rinlarda-Oliy maktab) va Buyuk Britaniyaning nufuzli Oliy ta'lim va tadqiqot markazlaridan biri bo'lgan 140 yillik tarixga ega London bank va moliya instituti (London Institute of Banking and Finance) bilan hamkorlikda rahbar kadrlar malakasini oshirish maqsadida raqamli moliya sohasida «Fintex etakchilik dasturi» (Fintech Leadership Programme) kursini taklif qiladi.

Kurs 2020 yilning mart va aprel oylarida bo'lib o'tadi.

Ushbu dastur II moduldan iborat:

1-modul: 3 kun davomida Oliy maktabda bo'lib o'tadi.

2-modul: 7 kun davomida London shahrida bo'lib o'tadi.

Dastur narxi 33 500 000 so'mni tashkil etib, u o'qish, aviachipta, sinxron tarjima hamda tushlik xarajatlarini o'z ichiga oladi. Dastur doirasida tinglovchilarning Toshkent va London shaharlarida turar joy (mehmonxona) xarajatlari bundan mustasno.

Bir tashkilot 5 (besh) yoki undan ortiq nomzodni taklif etsa, xar bir nomzod uchun 10 (o'n) foizlik chegirma taqdim etiladi.

Xujjatlar 2020 yilning 7 fevraliga qadar qabul qilinadi.

Murojat uchun telefonlar: 71 239-03-11, 97 444-85-51.