• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

YONG'IN HAVFSIZLIGI BO'YICHA O'QUV-USLUBIY SEMINAR O'TKAZILDI

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi "ichki ishlar organlari yong'in xavfsizligi bo'linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2992-sonli qarori ijrosini ta'minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan yong'in kelib chiqishi bilan bog'liq hodisalarning oldini olish, xodimlarning kasbiy bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi binosida, Toshkent shahar Mirobod tuman yong'in xavfsizligi bo'limi xodimi tomonidan o'quv-uslubiy seminar mashg'uloti o'tkazildi.

Mazkur seminar mashg'ulotda Mirobod tuman IIB YOHB bo'limi inspektori, X. Sobirov ma'ruza bilan ishtirok etdi.

Ma'lumki kuz-qish mavsumida havo haroratining keskin pasayib ketishi bilan fuqarolarimiz tomonidan xonadonlarni isitish maqsadida turli xildagi yoqilg'i mahsulotlari, har xil turdagi isitish va gaz uskunalaridan foydalanishga bo'lgan ehtiyoj kundan-kunga oshib boradi. Bu esa, o'z navbatida, yong'in va texnika xavfsizligi qoidalari talablarining buzilishi natijasida xonadonlarda tabiiy gaz va havo aralashmasining chaqnashiga, fuqarolarning is gazlaridan zaharlanib qolish ehtimoli oshishiga olib kelishi mumkin.

Ma'ruzachi xodimlarni yong'in xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirib o'tdi. Yong'inning oldini olishga doir o'tkazilayotgan tadbirlarning maqsad va vazifalari haqida tushuntishlar berib, yong'inning paydo bo'lish sabablari, favqulodda vaziyatlarda qay holatda harakatlanish, o't o'chirish uskunalaridan to'g'ri foydalanish, yong'in sodir bo'lganda dastlab nimalarga e'tibor qaratish zarurligi haqida gapirib, hayotiy misollar orqali mavzu doirasida kerakli ma'lumotlarni aytib o'tdi.

Shuningdek, Toshkent shahar hududida sodir bo'lgan yong'inlar va ularning oqibatlari haqida ham gapirdi. Yong'in kelib chiqqan holatlarda birlamchi yong'in o'chirish vositasini ishlatish haqida to'liq ma'lumot berib o'tdi. Aholi o'rtasida kuz-qish mavsumida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlar, is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish bo'yicha olib borilayotgan tadbirlar haqida gapirildi. Yong'in chiqqan holatlarda, uy sharoitida va ishxonada, kundalik hayotimizda bexosdan sodir bo'ladigan favqulodda vaziyatlarda qanday yo'l tutish zarurligi haqida hayotiy misollar bilan gapirib, xodimlarga tegishli tushunchalarni berib o'tdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning barcha qiziqtirgan savollariga atroflicha javob taqdim qilindi.