• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB XALQARO XAMKORLIKNI KENGAYTIRMOQDA

2020 yil 31-yanvar kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi o'rinlarda - Oliy maktab) direktori, Iqtisod fanlari doktori, Abduraupov Rustam Ramzovich boshchiligidagi delegatsiyasiya, ISM Xalqaro boshqaruv maktabi (Fransiya) doktoranturasi direktori janob Cesar Baena (César Baena) boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv O'zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi ko'magida tashkil etilib, unda O'zbekistonning Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi - Sardor Rustamboyev bevosita ishtirok etib, ta'lim sohasidagi yetakchi universitetlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish va mustahkamlash bo'yicha navbatdagi qadam bo'ldi.

Tomonlar ta’lim muassasalari o’rtasidago hamkorlikni kengaytirish, o'quv-uslubiy materiallar bilan almashish, o'quv jarayonini tashkil etish va qo'shma loyihalarni amalga oshirish bo'yicha hamkorlik, IMBA (Xalqaro biznes boshqaruvi) va DBA (Biznes boshqaruvi doktori) yo'nalishlari bo'yicha qo'shma ta'lim dasturlarini yaratish mexanizmlari, xalqaro biznesni boshqarish bo'yicha qisqa muddatli qo'shma kurslarni joriy etish va boshqa masalalarni muhokama qildilar.

Xususan, tomonlar qo'shma magistrlik ta'lim dasturini ishlab chiqish, yozgi maktabni tashkil etish Oliy maktab tinglovchilari va xodimlari bilan o’zaro almashuv dasturlarini ishlab chiqish, boshqaruv kadrlar uchun qisqa muddatli qo'shma kurslarni tashkil etish va joriy etish, fan va yuqori texnologiyalar sohasidagi hamkorlik, shuningdek, boshqa ilmiy-ta'limiy masalalar bo’yicha muhokama olib borildi.

Uchrashuvda ta'lim va fan sohasida hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari va mexanizmi, bank, moliya, biznes va menejment sohasida qo'shma ilmiy tadqiqotlar va nashrlar chop etish, boshqaruv kadrlar uchun qisqa muddatli qo'shma kurslarni tashkil etish, "ikki diplomlik" magistrlik dasturini ishlab chiqish, qo'shma ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, hukumat dasturlari va elektron hukumatni rivojlantirish sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi,  shuningdek, xalqaro standartlar va eng yaxshi xorijiy amaliyot talablarini inobatga olgan holda, Oliy maktab tinglovchilari va xodimlari bilan o’zaro almashuv dasturlarini ishlab chiqish masalasi ham ko'rib chiqildi.

Ma’lumot uchun:

ISM Xalqaro boshqaruv maktabi (International School of Management-ISM) Fransiyaning Parij shahrida joylashgan ixtisoslashgan, akkreditatsiyalangan o'tgan biznes maktabidir.

Ushbu dargoh talabalarni IMBA Full-Time, IMBA Executive, DBA (Biznes boshqaruvi doktori), PhD (falsafa doktori) dasturlariga tayyorlashga ixtisoslashgan. ISMning barcha dasturlari dasturlari biznes-ta'lim uchun etakchi ixtisoslashgan akkreditatsiya organi bo'lgan biznes-maktablar va dasturlarni akkreditatsiya qilish Kengashi (ACBSP) tomonidan to'liq akkreditatsiyadan o'tgan.

QS global MBA 2019 jahon reytingida ISM MBA dasturi dunyoning eng yaxshi 150 ta biznes maktablari va Evropaning eng yaxshi 50 talik biznes maktablar qatoriga kiritilgan.