• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB KORONAVIRUS TUFAYLI YUQORI XAVFSIZLIK TARTIBIDA ISHLASHGA O'TDI

Ma’lumki, profilaktika, infektsiyalar tarqalishini oldini olish va unga qarshi kurashda muhim vosita xisoblanadi. Shu munosabat bilan, 2020-yil 16-mart kuni, tinglovchilar va xodimlar o'rtasida koronavirus (COVID-19) tarqalishining oldini olish maqsadida, Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi direktori, Iqtisod fanlari doktori, Abduraupov Rustam Ramzovich tomonidan tegishli buyruq qabul qilindi.

Keng miqyosda kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, xodimlarga gigiena va profilaktika bo'yicha tavsiyalar berilib, shuningdek, har uch soatda maxsus vositalar bilan barcha xonalar va xizmat transportlari dezinfeksiya qilinmoqda.

Xodimlar kundalik ravishda bir martalik gigienik salfetkalar, qo'llarni davolash uchun antibakterial suyuqlik, shaxsiy himoya vositalari (bir martali ishlatiladigan farmatsevtik niqoblar) bilan ta'minlanadi va shifokor markaziga zudlik bilan murojaat qilish tavsiya etillmoqda.

Tibbiy markaz xodimi, ishchilarning sog'ligini muntazam ravishda kuzatib, kundalik issiqlikni o’lchash amaliyoti amalga oshirib kelmoqda.

Barcha majlislar va boshqa yig’ilishlar bekor qilindi. O'quv dasturlari o'qitishning uzluksizligini ta'minlash maqsadida vaqtincha onlayn platforma orqali masofaviy shaklga o'tkazildi.