• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB VA SKEMA BIZNES MAKTABI O'RTASIDA HAMKORLIK KELISHUVI IMZOLANDI

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruv milliy agentligi qoshidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi o'rinlarda - Oliy maktab) zimmasiga yuklatilgan muhim vazifalardan biri bu – yurtimizda oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish, ilg'or xalqaro tajribani o'quv jarayoniga keng joriy etish, dunyoning yetakchi ta'lim muassasalari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish  hisobiga ilmiy-pedagogik kadrlar malakasini oshirish.

Shu maqsadda 2020 yil 30 yanvar kuni Oliy maktab direktori i.f.d., Abduraupov Rustam Ramzovich boshchiligidagi delegatsiya, dunyoning eng nufuzli ta'lim muassasalaridan biri bo’lgan Fransiyaning SKEMA Biznes maktabi (keyingi o'rinlarda - SKEMA) vakillari bilan uchrashdi.

Shu bilan birga SKEMA bilan hamkorlik yurtimiz ta'lim muassasalari tarixida ilk bor amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Ushbu muhim voqea yuqori ahamiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda, tadbirda O'zbekistonning Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi - Sardor Rustamboyev ham ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuvda ta'lim sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari va mexanizmlari muhokama qilinib, o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Oliy maktab va SKEMA o'rtasidagi ikki tomonlama hujjatni imzolash marosimi Sofiya-Antipolis (Fransiya) shahrida joylashgan biznes maktab binosida bo'lib o'tdi.

Kelishuv doirasida tomonlar qo'shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish, ta’lim muassasalari o'rtasida o’zaro tinglovchi va xodimlar almashinuv dasturlari, qo'shma kurslar, mahorat darslari, seminar, konferensiya va boshqa ilmiy-ma'rifiy tadbirlarni o'tkazish va boshqa masalalarni muhokama qildilar.

Uchrashuv ushbu yo’nalishlarda ikki tomon uchun birinchisi bo’lishiga qaramay, juda yuqori saviyada o'tdi. Shu asosda yaqin kelajakda qulayligi va o'ziga xosligi bilan ajralib turadigan qo'shma ta'lim dasturlarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun:

SKEMA biznes maktabi 2009 yilda ESC Lill va CERAM Business School ta'lim muassasalarining birlashishi natijasida tashkil topgan. Biznes maktabining asosiy kampusi, Fransiyaning Riviera markazidagi Sofiya-Antipolis shahrida joylashgan.

SKEMA dunyodagi eng nufuzli 3 ta EQUIS (European Quality Improvement System), AACSB (The Association to Advance Collegiate Schools of Business) va AMBA (Association of MBAs) akkreditatsiyalariga ega bo’lgan yetakchi biznes maktablardan biridir va boshqaruv yo’nalishida magistrlarni tayyorlash bo'yicha jahon universitetlari reytingida
30 - o’rin, Evropa biznes maktablari reytingida 49 – o’rin, Executive MBA mutaxassisligi
bo’yicha 12 - o'rin, jahondagi nufuzli MSc Entrepreneurship & Innovation tadbirkorlik dasturi bo’yicha kuchlik 10 talikda, global BBA indeksida: Challenges 2020 da 4 - o’rin, «MOCI magazine 2019» da 1-o’rin, «Le Point 2019» da 4 - o’rin, «L'etudiant 2020» da 4 - o’rin,
4 yillik BBA yo’nalishi bo’yicha 2 - o’rin, Masters of science (MSc Financial Markets and Investments) bo’yicha 4 - o’rin, Times Higher Education & The Wall Street Journal tasnifiga ko’ra dunyoda 11 chi va fransuz maktablari orasida 1-chi o’rinlarni egallagan.