• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida kirish imtihonlari

Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida 2019 yilning 24 avgust kuni 2019-2020 o'quv yili uchun Loyihaviy boshqaruv va Biznesni boshqarish dasturlari bo'yicha magistraturaga kirish imtihonlari bo'lib o'tdi.

E'tiborlisi, imtihon o'tkazishda shaffoflik va xolislikni ta'minlash maqsadida, nomzodlar javob varaqalari zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan holda shifrlandi.

Imtihon natijalari 3 ish kuni mobaynida e'lon qilinadi. Barcha imtihon topshirgan nomzodlarga omad tilaymiz va yangi o'quv yilini sabrsizlik bilan kutib qolamiz.