• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

«ETS GLOBAL» VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

Bugungi kunda mamlakatda davlat xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko'lamli o'zgarishlar amalga oshirilmoqda va xalqaro hamkorlikning barcha darajalarida ustuvor talab va vositalaridan biri bu - ingliz tilini bilish darajasi.

Shu munosabat bilan, Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi o'rinlarda – Oliy maktab) «ETS GLOBAL» (Educational Testing Service Global, AQSh) kompaniyasining mintaqaviy direktori Anna Gutkovska - Zayets boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Oliy maktab va ETS o'rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qildilar. Shuningdek, O'zbekistondagi xorijiy oliy o'quv yurtlari filiallarida kirish imtihonlarida TOEFL sertifikatini talab qilish, TOEFL bo'yicha qo'shma testlarni tashkil etish va o'tkazish, yirik davlat muassasalarida TOEICNI qo'llash va boshqa tarmoqlarda bosqichma-bosqich joriy etish bilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqdilar.

Ma'lumot uchun:

«ETS Global» (AQSh) - ta'lim, test va baholash sohasida dunyodagi nodavlat va notijorat tashkilotlardan biri. ETS standartlashtirilgan testlarni ishlab chiqadi va TOEFL, TOEIC, GRE, HiSET, PRAXIS va boshqa testlarni boshqaradi.  ETS Global har yili 180 dan ortiq mamlakatlarda, shu jumladan TOEFL va TOEIC kabi testlarni ishlab chiqadi, tashkil qiladi va baholaydi.