• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

VITAUTAS PUGACHEVSKISDAN LOYIHA BOSHQARUVI BO'YICHA MAHORAT-DARSI

2020-yil 20-yanvar kuni soat 11:00 da Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi binosida (keyingi o'rinlarda-Oliy maktab), «KNOWLEDGE HUB» loyihasi doirasida loyihalar bo’yicha sertifikatlangan loyiha direktori (IPMA-A), PMP, IPMA (Litva) ning birinchi assessori, Litva Respublikasidan loyiha va dasturlarni boshqarish bo'yicha ekspert va murabbiy - janob Vitautas Pugachevskis «Loyiha boshqaruvida individual asosiy vakolatlar» mavzusida  mahorat darsini o’tib beradi.

IPMA sertifikati nima ekanligini, xalqaro PMI va IPMA standartlari bo'yicha loyihalarni boshqarish, IPMA sertifikatlash darajalari, loyiha boshqaruvi bo'yicha mutaxassisning malakasi va tajribasi haqida, shuningdek, mahalliy, mintaqaviy, milliy yoki xalqaro miqyosda muayyan vazifalar va echimlarni o'z ichiga olgan IPMA sertifikatining har bir darajasi, kompaniyani rivojlantirish, blokcheyn va sun'iy idrok kabi butunlay yangi texnologiyalar sohasidagi keng qamrovli bilimlari bilan o'rtoqlashadi.

Ma’lumot uchun:

Vitautas Pugachevskis – sertifikatlangan loyiha direktori (IPMA-A), PMP, birinchi IPMA assessori (Litva), korporativ echimlar va loyihalarni boshqarish tizimlari bo'yicha maslahatchi (EPM), Litva standartlashtirish departamenti ISO / TC 258 guruhi rahbari. Loyiha boshqaruvi sohasida turli lavozimlarda deyarli 20 yillik tajribaga ega.

Loyiha risklarini boshqarish sohasida chuqur bilimlari, korporativ loyihalarni boshqarish tizimida kata tajribaga ega, loyihani boshqarishda auditini o'tkazish, xususiy va davlat muassasalarida IT infratuzilmasini loyiha boshqaruvini amalga oshirish va rivojlantirish tajribasi, PMO rivojlanishni yuklash, PM korporativ standartini ishlab chiqish, IPMA ICB qoidalariga muvofiq loyiha rahbarlarini baholash, A-D darajasiga ega.