• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTABDA QISHKI QABULNING KIRISH IMTIHONLARI BO'LIB O'TDI

2020 yil 18 yanvar kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida 2020/2021 o'quv yili uchun «Loyihaviy boshqaruv» va «Biznes boshqaruv» (Master of Business Administration — MBA) yo'nalishlari bo'yicha magistraturaga kirish uchun qishki qabulning kirish imtihonlari bo'lib o'tdi

Imtihonlarning shaffofligi va xolisligini ta'minlash maqsadida, imtihon varaqalarini QR kodlar bilan shifrlashning zamonaviy texnologiyalari qo'llanildi, shuningdek, barcha auditoriyalar va ish joylari onlayn videokuzatuv vositalari bilan jihozlandi, bu esa imtihon jarayonining barcha bosqichlarini nazorat qilish, nomzodlarning yozgan ishlarini tekshirish va qoidabuzarliklarni qayd etish imkonini berdi.

Imtihonlarni jarayonlarini tartibli o'tkazishda 40 dan ziyod kuzatuvchi jalb qilindi.

Nomzodlar "Menejment" fanidan yozma ravishda, ingliz tilidan test va insho (esse) ko’rinishida imtihon topshirdilar. Bunday formatdagi sinov har bir nomzod o'z bilimi va ko’nikmalarini namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat.

Shuni alohida ta'kidlab o’tish lozimki, 2019 yildan boshlab magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar, hujjatlarni 24 soat davomida oliy maktab veb-sayti orqali onlayn tarzda taqdim etishlari mumkin.

Imtihon natijalari 3-ish kuni ichida Oliy maktabning rgsbm.uz veb-sayti orqali e'lon qilinadi

Sinovda qatnashgan barcha qatnashchilarga chin dildan omad tilaymiz!