• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Oliy maktabda magistrlik dissertatsiyalarinig himoyasi o’z yakuniga yetdi

2019 yil 8-13 iyul kunlari Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida magistrlik dissertatsiyalarining himoyasi bo'lib o'tdi. Bu yil "Loyiha boshqaruv" va "Biznes boshqaruv" yo’nalishlari tinglovchilari o'z ishlarini himoya qilishdi.

Magistrlik dissertatsiyalari Oliy maktab va boshqa universitetlar vakillaridan tashkil etilgan davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan baholandi. Dissertatsiyalarning himoya qilish jarayonini bitiruvchilarning yaqinlari va chet ellik mutaxassislar tomonidan kuzatilib, ular bo'lajak magistrlarga o’zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi.

Tadqiqot mavzulari loyiha boshqaruv faoliyatini tashkil etish va boshqarish sohasidagi mamlakat korxonalarining mavjud ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda belgilandi.

Bu yili Oliy maktabni Loyiha boshqaruvi yo’nalishi bo’yicha birinchi magistrlar tamomladi.

Dissertatsiyalarning muvaffaqiyatli himoya qilganliklari bilan barcha magistrlarni tabriklaymiz, ularga ijodiy va ilmiy yutuqlar tilaymiz!

Shuningdek, Oliy maktabda "Loyiha boshqaruvi" va "Biznes boshqaruvi" yo'nalishlari bo'yicha 2019 yil 10 iyuldan 9 avgustgacha 2019-2020 o'quv yiliga yozgi qabul davri uchun hujjatlarni qabul qilish boshlanganligini eslatib o'tamiz.