• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTABDA ERASMUS+ TA'LIM DASTURINING SEMINARI BO'LIB O'TDI

2019 yil 14 noyabr kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida Erasmus+ milliy ofisi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Yevropa Ittifoqining Erasmus+ ta'lim dasturining axborot seminari bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbir doirasida O'zbekistondagi Erasmus+ ofisi ekspertlari tomonidan oliy ta'lim muassasalari, o'qituvchilar, tinglovchilarning jamoaviy va individual ishtiroki, Oliy ta'limda salohiyatni rivojlantirish (Capacity Building in Higher Education), Xalqaro kredit mobilligi (International Credit Mobility), Erasmus Mundus Qo'shma magistrlik dasturlari (Erasmus Mundus Joint Master Degrees) va Jan Monet (Jan Monnet) dasturlari haqida batafsil ma'lumot taqdim qilishdi.

Shuningdek, ishtirokchilar Erasmus Mundus dasturi bitiruvchilari tomonidan Yevropada noyob xalqaro o'qish tajribasi bilan tanishdilar, ma'lumot izlash va o'qiish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish, ariza va maslahat berish bo'yicha amaliy tavsiyalar bilan o'rtoqlashdilar.

Seminar yakunida ishtirokchilar "Erasmus +" dasturining qanday ishlashi haqida aniq tasavvurga ega bo'lishdi.

Malumot uchun:

Erasmus + - ta'lim, kasb-hunar ta'limi, yoshlar bilan ishlash va sport sohasida loyihalar, hamkorlik, tadbirlar va mobillikni qo'llab-quvvatlovchi Evropa Ittifoqi (EI) dasturi hisoblanadi. 2014dan beri amalda bo'lgan dastur yuqorida sanab o’tilgan sohalarda, ham Evropa davlatlari, ham Evropa davlatlari va butun dunyodagi hamkor davlatlar o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish uchun pul mablag'lari ajratadi.