• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTABDA DOKTORANTURADA O'QISH UCHUN TANLOV BO'LIB O'TDI

Kuni kecha Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi satrlarda - Oliy maktab) qoshida jahon va mamlakat tarixida ilk bor ilmiy va ilmiy – pedagogik kadrlar tayyorlash instituti-falsafa doktori (Doctor of Philosophy – PhD) va fan doktorlari (Doctor of Science – DSc) 08.00.16 ixtisosligi bo'yicha "Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya" yo’nalishi ochilganini ma'lum qilgan edik. Ilmiy kengashda AQSh, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi va O'zbekistonning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlari, Massachusets texnologiya instituti, Stenford universiteti, Hausxong fan va texnologiyalar universiteti, ilmiy kengash yig'ilishlarida bevosita onlayn rejimda ishtirok etadigan amaliy axborot texnologiyalari instituti olimlari ishtirok etishadi.

Joriy yilning 15 sentyabridan 15 oktyabriga qadar 2020 yilga mustaqil izlanishlaruchun tayanch doktoranturaga (PhD) va doktoranturaga (DSc) hujjatlar qabul qilindi.

2019-yil 12-noyabr kuni nomzodlik va doktorlik dasturlari bo’yicha o’qish uchun suhbat bo'lib o'tdi.

Suhbat jarayonlarida O'zbekistonlik talabgorlar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalarida, moliya tizimida va iqtisodiyotning boshqa sohalarida faoliyat yuritayotgan chet el fuqarolari ham ishtirok etdilar. Suhbat yakunida ikki nafar talabgor mustaqil izlanuvchilikka qabul qilindilar.