• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Oliy maktabda magistratura tinglovchilarining davlat imtihonlari bo’lib o’tdi

2019 yil 8-iyul kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida "Biznes boshqaruv" (MBA) mutaxassisligi bo'yicha tinglovchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi bo'lib o'tdi.

Attestatsiya uchta fan bo'yicha o'tkazildi: "Korporativ boshqaruv", "Umumiy menejment" va "Marketing menejmenti".

Tinglovchilarning bilimlari Oliy maktab va boshqa universitetlar vakillaridan tashkil topgan davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan baholandi.

Imtihon yuqori saviyada o'tdi va komissiya a'zolari tinglovchilarning javoblaridan mamnun bo'lishdi. Oldinda ularni yana bir sinov - magistrlik dissertatsiyasining himoyasi kutmoqda.