• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Oliy maktabda “Taym menejment - ish vaqtini kompleks boshqarish tizimi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi

2023-yil 9-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Kapital bozori va birja ishi” magistratura mutaxassisligi tinglovchilari uchun “Taym menejment - ish vaqtini kompleks boshqarish tizimi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Tadbirda o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i, i.f.n., dotsent Tuyg‘un Qodirov tomonidan taym menejmentning mazmun-mohiyati va bugungi kunda uni qo‘llash zaruriyati, vaqtni boshqarishning asosiy tamoyillari, shuningdek, vaqtdan unumli foydalanish va uni tejash usullari to‘g‘risida ma’ruza qilindi.

Hozirgi kunda vaqtni tejash, undan oqilona foydalanish dolzarbligi barchamizga ma’lum, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash orqali biz bajarilgan ish samaradorligini oshirishga erishamiz, shu kabi masalalarni yechimini dunyo hamjamiyati olimlari yechishga harakat qilishgan va buni bir necha yechimlari mavjud.

Ushbu mahorat darsida Alpen usuli va Eyzenhauer matritsasidan foydalanish bo‘yicha ma’ruzachi tomonidan foydali tavsiyalar berildi, shu kabi mahorat darsini tashkil qilishdan asosiy maqsad vaqtdan oqilona va to‘g‘ri boshqarishni tinglovchilarga yetkazish orqali ularni bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘ldi.

Ma’ruza yakunida o‘zaro muloqot vaqtida tadbir ishtirokchilari va notiq o‘rtasida interaktiv savol va javoblar bo‘lib o‘tdi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi