• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Toshkent shahar prokurori tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotni kengaytirish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko'rilmoqda.

Jumladan, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida, Tadbirkorlik va iqtisodiy masalalar bo’yicha Toshkent shahar prokurori rahbarligida o'tkazilgan ommaviy sayyor qabulda alohini qiynab kelayotgan muammolar tahlil etilib, ularni bartaraf etish choralari ko'rildi.

Tadbirda mavjud sektor rahbarlari, turli davlat idora va korxonalarning yetakchi mutaxassislari aholi bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

Fuqarolar murojaati atroflicha muhokama qilinib, ularning aksariyati joyida o'rganib chiqildi. Muddat talab qiladigan masalalar bo'yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, prokuraturaning sohaviy xizmatlariga hamda tumanning tegishli mutasaddi tashkilot va idoralariga topshiriqlar berildi, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, mamlakatimizda tadbirkorlik yo’nalishi bo’yicha malakali mutaxassislar yetishmovchiligi, ushbu kadlarga bo’lgan talab oshib borayotgani ta’kidlab o’tildi. Ushbu maqsadda Oliy maktabda tadbirkorlik yo’nalishi bo’yicha uzoq va qisqa muddatli dasturlar yo’lga qo’yilgani, maktab faoliyati, yo’nalish va mutaxassisliklari bo’yciha qisqa ma’lumot berib o’tildi.

Tadbir so’ngida 4 nafar tadbirkorlik sub’yektlariga kredit ajratildi. Bundan tashqari, 6 nafar fuqarolarni kasb-hunarga o’qitish bo’yicha sertifikat taqdim qilindi. Shuningdek, kommunal sohadagi qarzdorlikni kamaytirish, tijorat banklaridagi kredit bilan bog’liq masalalr bo’yicha ma’lumot berildi.

Albatta, bunday tadbirlar xalqimiz duch kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni joyida, tez va samarali bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.