• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

MAHALLIY HOKIMLIKLAR RAHBARLARINING BILIM VA KO’NIKMALARINI OSHIRISH BO’YICHA SEMINAR-TRENING START OLMOQDA

2021 yil 11 yanvardan 27 yanvarga qadar, O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosarlari uchun, iqtisodiyot tarmoqlari va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi malakasini zamonaviy bilimlar va usullar asosida oshirish, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni boshqarish borasida bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida o'quv seminar-trening tashkil etilmoqda.

Mazkur seminar-treningni asosiy maqsadi – hududlarni kompleks rivojlantirishda yangicha tizimini joriy qilish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, o'sish nuqtalarini aniqlash, mahalliy byudjetlar daromadlar bazasini mustahkamlash, yangi ish o'rinlarini yaratish, kambag'allikni qisqartirish, faoliyatni rejalashtirish va ishlarni tashkil qilish hamda vaqtdan unumli foydalanish orqali samaradorlikni oshirish, kurs ishtirokchilarida xalqaro tajribaga asoslanib kelajakda amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar haqida ko'nikma hosil qilish.

Dastur quyidagi eng dolzarb mavzularni o'z ichiga oladi:

• O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil uchun murojaatnomasidagi asosiy iqtisodiy rivojlanish yo'nalishlari;

• Kambag'allikni qisqartirishda xalqaro tajriba va boshqaruv organlarining roli;

• Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ishsizlikni kamaytirish;

• Aholini kasb-hunarga va tadbirkorlikka o'qitish hamda bandlikni ta'minlash;

• Tadbirkorlar bilan ijro hokimiyati o'rtasidagi muammolar;

• xususiylashtirish hamda bo'sh turgan bino-inshootlar va er maydonlarini tadbirkorlarga belgilangan tartibda taqdim etish;

• Kadastr sohasidagi islohotlar;

• Hududlarda investision loyihalarni ishlab chiqarish va investision jozibadorligini oshirish;

• Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish mavjud manbalar, imkoniyatlar va imtiyozlar;

• Soliq ma'murchiligi, soliq tizimidagi islohotlar;

• Bojxona va ularning xufiyona iqtisodiyotni aniqlashdagi ahamiyati;

• Davlat xaridlari tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar;

• Forsayt texnologiyasi;

• Vaqtni boshqarish;

• Qonun ustuvorligi va mulk daxlsizligini ta'minlash;

• Agrar sektoridagi islohotlar;

• Inson resurslarini boshqarish;

• Tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar

• Boshqa dolzarb va muammoli mavzular.

Ma'ruza-munozaralarni vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari rahbarlari, Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki va BMT Taraqqiyot Dasturi ekspertlari, xorijiy va mahalliy ekspertlar, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarining tajribali va malakali professor o'qituvchilari olib boradilar.