• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Malayziya oliy ta’lim institutlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

2024-yil 23-aprel kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

 
Uchrashuvda Malayziyaning Milliy universiteti (UKM), MARA texnologiya universiteti (UiTM), Malayziya Markaziy banki huzuridagi Islom moliyasi bo‘yicha xalqaro ta’lim markazi universiteti (INCEIF) va Malayziya Oliy ta’lim vazirligi huzuridagi agentlik vakillari ishtirok etdilar.
 
Mazkur uchrashuvda xorijiy delegatsiya vakillariga Oliy maktab faoliyati, o‘quv dasturlari, xalqaro hamkorlik hamda innovatsion tadbirkorlik va yashil iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.
 
O‘z navbatida Malayziya tomoni iliq kutib olinganlari va uchrashuvni tashkil etganliklari uchun Oliy maktab vakillariga tashakkur bildirdilar. Shu bilan birga hamkorlik uchun imkoniyatlar mavjud ekanligi va Malayziya tomoni tayyorligini qayd etib o‘tdilar.
Shuningdek, xorijiy tomonga Oliy maktab va Malayziya universitetlari o‘rtasida o‘quv dasturlari bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, biznes va boshqaruv sohalarida mehmon ma’ruzalarga taklif etish, innovatsion markazlar bilan qo‘shma dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirish kabi takliflar taqdim etildi. Shu bilan birga Oliy maktabda respublikamiz tijorat banklari vakillari uchun moliya sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslari taklif qilindi. 

Uchrashuv yakunida tomonlar ta’kidlab o‘tilgan kelishuvlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga kelishib oldilar.