• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi

2023-yilning 3-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida 2022/2023 o‘quv yili bitiruvchilariga magistrlik diplomi topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bitiruv marosimida Direktorning innovatsiyalar va ilmiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari Bobur Abdinazarov va Direktorning moliyaviy-iqtisodiy masalalari boʻyicha o'rinbosari Mirkomil Adilov hamda Oliy maktabni professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.  

Tadbir avvalida Direktorning birinchi oʻrinbosari so‘z olib, bitiruvchilarni yangi hayot sari qadam qo‘yayotgani bilan samimiy muborakbod etib, ularning kelgusi o‘qish va ish faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Oliy maktabning maqsadi biznesni boshqarish (MBA), loyiha boshqaruvi, IT biznes sohalarida kadr va mutaxassislarni tayyorlash tizimini xalqaro standartlarga muvofiq tubdan takomillashtirish hamda ularning professional saviyasini oshirish, shuningdek, tuman (shahar) hokim yordamchilarining malakasi va ularning faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan trening, seminar va master-klasslar tashkil etish hamda biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etishni ilmiy-metodik qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Keskin raqobat muhitida erkin faoliyat yurita oladigan, belgilangan vazifalarni samarali bajarish va amalga oshirishga qodir yuqori malakali kadrlarini tayyorlab kelmoqda.

Bizning oldimizga qo‘ygan asosiy maqsadimiz nafaqat respublikada, balki xalqaro miqyosda ham yetakchi biznes maktabiga aylanishdir!

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi